20 okt 14:11
Yangiliklar
Futbol

Brunu Fernandesh TOP-5 ga kirib oldi
Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted"ning APLdagi assistlari bo'yicha beshinchi o'ringa ko'tarildi.
Yakshanba kuni yarim himoyachi "Liverpul"ga qarshi o'yinda (2:1) g'alaba goliga assistentlik qildi va o'z hisobidagi assistlar sonini 52 taga etkazdi.
Portugaliyalik futbolchi APLda "qizil iblislar" safida 51 golga uzatma bergan Erik Kantonani ortda qoldirdi.
Rayan Giggz "Manchester Yunayted" safida eng ko'p golli uzatma berish bo'yicha rekordchi (162). Kuchli to'rtlikdan Ueyn Runi (93), Devid Bekxem (80) va Pol Skoulz (55) joy olgan.
Havola :
Fikrlar