01 noy 16:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Bu qiziq! Bektemirning bo'lajak raqibi UFCning sobiq jangchisi hisoblanadi
Xabar berib o'tganimizdek, bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev bizning vaqt bilan yakshanba tongida navbatdagi jangini o'tkazadi.
O'sha kuni bokschimizga amerikalik Kley Kollard raqiblik qiladi.
Bokschining biografiyasi bilan qiziqar ekanmiz, bir malumotga ko'zimiz tushib qoldi.
Malum bo'lishicha, Kollard bungacha MMAda 27 ta jang o'tkazishga ulgurgan ekan. U faoliyati davomida UFCda to'rtta jangda ham ishtirok etgan. Raqiblar orasida Maks Xolloveyga qarshi qarshi oktagonga chiqqan va imkoniyatni boy berib qo'ygan.
Bokschilik faoliyatini esa 2017 yilda boshlagan.
Eslatib o'tamiz, jang 2 noyabr kuni (Toshkent vaqti bilan 3 noyabr tongida) Las-Vegasda tashkil etiladi. Ushbu jang oqshomining markaziy to'qnashuvi esa Saul Alvares va Sergey Kovalyov o'rtasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar