15 sen 19:30
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari
Bu qiziq! O'zbekiston Osiyo o'yinlari tarixida medallar soni bo'yicha nechanchi o'rinda?
Osiyo o'yinlarining 1951–2022 yillar oralig'idagi umumiy medallar jadvaliga ko'ra, O'zbekiston delegaciyasi qita miqyosidagi nufuzli musobaqada jami 414 ta medal qo'lga kiritgan.
Ularning 105 tasi oltin, 138 tasi kumush va 171 tasi bronza medallardan iborat.
SHu tariqa, O'zbekiston umumiy medallar jamg'arishi bo'yicha Osiyo mamlakatlari orasida 10-o'rinni egallab turibdi.
Mazkur reytingda Xitoy 3570 ta medal bilan birinchi o'rinda qayd etilgan. Yaponiya 3242 ta, Janubiy Koreya esa 2425 ta medal bilan kuchli uchlikdan joy olgan.

O'zbekiston ushbu hisobda 8 ta Osiyo o'yinida ishtirok etgan.
Etiborlisi, O'zbekiston sportchilari har bir Osiyo o'yinlarida o'z natijalarini yaxshilab, qita sportidagi mavqeini mustahkamlab kelayotganini ko'rish mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar