So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

24 fev 11:36
Yangiliklar

Futbol

"Bu - sharmandalik!" - Paulu Fonseka Trampga Tinchlik mukofoti berilgani va JCH-2026 AQSHda o'tishiga qarshi chiqdi

"Lion" jamoasi ustozi Paulu Fonseka dunyo futbolidagi so'nggi qarorlar va siyosiy vaziyat haqida o'z fikrlarini ochiq-oydin bayon qildi.

Portugaliyalik mutaxassis ayniqsa FIFAning AQSH prezidenti Donald Trampga nisbatan munosabatini keskin qoraladi.

"Tramp faqat pul haqida o'ylaydi"

Fonseka AQSH prezidentining tashqi siyosatini tanqid qilar ekan, uning insoniy qadriyatlardan ko'ra iqtisodiy manfaatlarni ustun qo'yishini takidladi:

"Amerika prezidenti odamlar haqida o'ylamaydi, u faqat pul haqida bosh qotiradi. U zaiflarni va yordamga muhtojlarni etibordan chetda qoldiradi. Bu men uchun mutlaqo qabul qilib bo'lmas holat".

JCH-2026 boshqa joyda o'tishi kerakmi?

Murabbiy yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatining manzili borasida ham o'z etirozlarini bildirdi:

"Futbolni sevadigan insonlar Jahon chempionati boshqa joyda o'tishini afzal ko'rishgan bo'lardi. AQSHda emas, hozir emas. Futbol bunga qarshi norozilik bildirish uchun eng yaxshi yo'lmi-yo'qmi, bilmayman, lekin mening poziciyam shunday".

FIFA Tinchlik mukofoti haqida:

O'tgan yilning dekabr oyida Trampga FIFAning Tinchlik mukofoti topshirilgani Fonsekaning haqiqiy g'azabini keltirgan:

"Buni ko'rganimda nimani his qildim? Uyat! Bu juda achinarli holat. Futbol bunga loyiq emas. Bu shunchaki sharmandalik", — dedi Fonseka "L’Équipe" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Paulu Fonseka bundan avval ham Falastinni qo'llab-quvvatlab va Venesuela atrofidagi voqealarga nisbatan o'z siyosiy qarashlarini faol bildirib kelgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing