06 iyu 17:49
Yangiliklar
Bubkani poraxo'rlikda ayblashmoqda, lekin afsona buni rad etdi
Ayblanuvchilar orasida engil atletika bo'yicha 1988 yilgi Seul Olimpiadasi chempioni Segey Bubka hamda to'rt karra olimpiya o'yinlari g'olibi Aleksandr Popov ham bor.
Kabralning malum qilishicha, ovozlarni yutib olish uchun Afrika Olimpiya qo'mitasi azolari, shuningdek, Xalqaro engil atletika federaciyasi vakillari Sergey Bubka hamda Aleksandr Popov ham pora evaziga Braziliya foydasiga ovoz bergan.
SHuningdek, sobiq gubernator IAAF prezident Lamian Diak tomonidan ham 5-6 ta ovoz olish uchun yarim million dollar olganini ham takidladi. Lekin bu xabarlarni Sergey Bubka rad etmoqda.
“Hozirda korrupciya tufayli hibsda bo'lib turgan Rio-de-Janeyroning sobiq gubernatori tomonidan aytilgan ayblovlarning barchasini rad etaman. Mister Diak menga hech qachon pul bermagan. Advokatlarim Diak bilan uchrashadi hamda barchasi hal bo'ladi, deb umid qilaman”, - dedi Bubka.
Fikrlar