11 mar 04:49
Yangiliklar

Bugun bir bokschimiz Olimpiada licenziyasi uchun, uch bokschimiz esa oltin medal uchun jang qiladi (ro'yxat)
Kun davomida to'rt nafar o'zbekistonlik bokschi ringga ko'tariladi. Ahamiyatlisi, -51 kg vaznli bokschi qizimiz Tursunoy Rahimova Tokio Olimpiadasi licenziyasi uchun jang qiladi.
Bugun ringga chiqadigan o'zbekistonlik bokschilar:
-51 kg: Tursunoy Rahimova - Yutumas Jitpong (Tailand) (14:00)
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Mohamm Alvadi (Iordaniya) (* - 20:45dan so'ng)
-63 kg: Elnur Abduraimov - Zakir Safiulin (Qozog'iston) (21:00dan so'ng)
+91 kg: Bahodir Jalolov - Yustis Xuni (Avstraliya) (22:15dan so'ng)
* - Taqdirlash marosimiga qarab janglar vaqti o'zgarishi mumkin. Bu borada bahslar boshlanishiga yaqin O'zbekiston boks federaciyasining Telegramdagi sahifasi orqali yana malumot beriladi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar