03 okt 10:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun bokschi qizlarimiz JCHdagi ishtiroklarini boshlashadi
Bugun, 3 oktyabr kuni Rossiyaning Ulan-Ude shahrida boksi bo'yicha ayollar o'rtasidagi jahon chempionati start oladi.
Bellashuvlarda jahonning 70 ga yaqin mamlakatidan bokschilar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishadi. Musobaqada o'zbekistonlik qizlar ham ilk marotaba to'liq tarkibda ishtirok etishmoqda.
Kecha jahon chempionati uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda bokschilarimiz dastlabki raqiblari nomini bilib olishdi.
Bugun ikki nafar bokschi qizimiz JCHda jang qiladi:
-48 kg: Gulasal Sultonalieva - Alua Balkibekova (Qozog'iston)
-51 kg: Tursunoy Rahimova - Yasmine Muttaki (Marokash)
Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan soat 15:00 dan so'ng boshlanadi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar