22 avg 11:42
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/82279_220.jpg)
Bugun CHechenistondagi turnirda 8 nafar bokschimiz final yo'llanmasi uchun jang qiladi, o'zbek derbisi ham bor
Grozniy shahrida boks bo'yicha Axmat-Xoji Qodirov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda.
Yarim final janglari doirasida 8 nafar bokschimiz final chiptasi uchun ringga ko'tariladi. +91 kg vazn toifasida esa o'zbek derbisini ko'ramiz.
-52 kg: Foziljon Abdumurodov - Islam Abumuslimov (Rosssiya)
-60 kg: SHunqor Abdurasulov - Jorjik Marutyan (Armaniston)
-64 kg: Elnur Abduraimov - Dilshat Nurim (Qozog'iston)
-75 kg: Bahrom Fozilov - Magomed Alimsultanov (Rossiya)
-81 kg: Kozimbek Mardonov - SHamil Xataev (Rossiya)
-91 kg: Madiyar Saidrahimov - Konstantin Pinchug (Isroil)
+91 kg: Obidjon Tohirov - Bahodir Jalolov
Janglar Toshkent vaqti bilan soat 15:00 dan so'ng boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar