So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

28 avg 14:08
Yangiliklar

Futbol

Bugun ECHLga qura tashlanadi. Olma-otaga kimlar keladi?

Teglar :  CHempionlar Ligasi
Nafaqat Evropa balki Jahonning eng nufuzli musobaqasi Evropa CHempionlar Ligasi hisoblanadi.

Bugun ushbu turnirning umumiy bosqich bahslariga qura tashlanadi. Tarixda ilk bor ECHLga yo'llanmani qo'lga kiritgan Qozog'istonning "Qayrat" jamoasi bugun o'z raqiblarini bilib oladi. Qo'shnilarimiz to'rtinchi savatchadan o'rin olgan. 

Qura qanday o'tkaziladi?

Musobaqada ishtirok etadigan 36 ta jamoa individual reytingga ko'ra to'rtta savatga bo'linadi va amaldagi chempion birinchi savatdagi birinchi ekish raqamini oladi.

1-savatdan boshlab bitta shar tortiladi, shundan so'ng o'tgan yili ishlatilgan avtomatlashtirilgan dasturiy taminot tegishli klubga quyidagi tamoyillarni hisobga olgan holda tasodifiy ravishda sakkizta raqibni tanlaydi:

Har bir savatchadan ikkitadan jamoa, dastur tomonidan belgilangan har bir savatchadagi jamoalarga qarshi bittadan uy va bitta safar o'yini.

Bir associaciyadan bo'lgan jamoalar bir-biri bilan uchrashishi mumkin emas.

Bir associaciyadan ikkitadan ko'p bo'lmagan raqiblar.

Barcha juftliklar aniqlanmaguncha, xuddi shu jarayon qolgan barcha jamoalar uchun takrorlanadi.

CHempionlar Ligasining to'liq taqvimi o'yinlar sanasi bilan 30 avgustdan kechiktirmay elon qilinadi.

CHempionlar ligasi o'yinlari qachon o'tkaziladi?

Umumiy bosqich

1-tur: 2025 yil 16-18 sentyabr

2-tur: 2025 yil 30 sentyabr - 1 oktyabr

3-tur: 2025 yil 21-22 oktyabr

4-tur: 2025 yil 4/5 noyabr 

5-tur: 2025 yil 25/26 noyabr

6-tur: 2025 yil 9/10 dekabr

7-tur: 20/21 yanvar 2026 yil

8-tur: 2026 yil 28 yanvar


Pley-off

O'tish o'yinlari: 17/18 va 24/25 fevral 2026 yil

1/8 final: 10/11 va 17/18 mart 2026 yil

CHorak final: 7/8 va 14/15 aprel 2026 yil

Yarim final: 2026 yil 28/29 aprel va 5/6 may

Final: 2026 yil 30 may (Budapesht)

Malumot uchun, qura Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing