09 iyu 10:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun engilmas Turdiev Koreyada 10-jangini o'tkazadi
Bugun Koreyaning Pusan shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi.
Bugungi boks oqshomi doirasida o'zbekistonlik ikki charm qo'lqop ustasi ham o'z janglarini o'tkazadi. Ulardan biri mag'lubiyatsiz odimlab kelayotgan andijonlik bokschi Doston Turdievdir.
Dostonning o'ninchi jangidagi raqibi koreyalik bokschi bo'ladi. Kecha bokschilarni tarozidan o'tkazish marosimi o'tkazildi va unda Turdiev belgilangan vazn (67,5 kg) meyorini bajardi.
Doston Turdiev shu kungacha professional boks ringida o'tkazgan 9 ta jangining barchasida raqiblarini muddatidan avval mag'lub etgan.
Bugun Pusan ringida yana bir hamyurtimiz Ravshan SHermatov ham o'z jangini o'tkazadi. 50 kg vazndagi bu bokschimiz uchun bugungi jang ikkinchisi bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar