15 iyu 12:15
Yangiliklar
![](/upload/storage/15845_220.jpg)
Bugun final: “Astana Arlans” vs “Cuba Domadores”
Turnirnin hal qiluvchi final bahsi Astana shahrida bo'lib o'tadi. Unda Qozog'istonning “Astana Arlans” jamoasi musobaqaning amaldagi chempionlari Kubaning “Cuba Domadores” bokschilariga qarshi ringga ko'tariladi.
Kecha bugungi janglar oldidan bokschilarni tarozidan o'tkazish marosimi o'tkazildi. Bugun bokschilar 10ta vazn toifasida ringga ko'tarilishadi. Hisob teng - 5:5 bo'lib qolgan taqdirda 52 kg vazn toifasida qo'shimcha jang o'tkaziladi.
Final juftliklari:
49 kg: Temirtas Jusupov - Yoxanus Argilagos
52 kg Oljas Sattibaev - Yosbani Veytia
56 kg: Ilyas Suleymenov - Xaver Ibanes
60 kg: Zakir Safiullin - Lazaro Alvares
64 kg: Dilmurat Mijitov - Endi Kruz
69 kg: Aslanbek SHimbergenov - Ronel Iglesias
75 kg: Abilxan Amankul - Arlen Lopes
81 kg: Arman Risbek - Xulio La Krus
91 kg: Anton Pinchuk - Erislandi Savon
+ 91 kg: Oljas Bokaev - Yoandri Toirak.
Qo'shimcha jang, 52 kg: Oljas Bayniyazov - Frenk Zaldivar.
Malumot uchun, “Cuba Domadores” va “Astana Arlans” jamoalari shu kungacha ikki marotabadan ushbu musobaqada bosh mukofotni qo'lga kiritishgan. O'tgan yili Toshkentda o'tgan finalda kubalik bokschilar britaniyalik raqiblaridan ustun kelishgandi.
Eslatib o'tamiz, mamlakatimizning “Uzbek Tigers” bokschilari guruhda Rossiyaning “Patriot Boxing Team”, Xitoyning “China Dragons” hamda aynan Qozog'istonning “Astana Arlans” jamoalari bilan to'qnash kelishgandi.
Etiborlisi, “Astana Arlans”ning yagona mag'lubiyatini bizning bokschilar taqdim etishgandi. “Uzbek Tigers” yarim finalda “Cuba Domadores” jamoasiga yutqazib qo'ygandi. Samarqandda 3:2 hisobida zafar quchgan bokschilarimiz Gavanada 1:4 hisobida mag'lub bo'lishgan edi.
Fikrlar