09 apr 09:02
Yangiliklar
Tennis

Bugun Fomin o'ziga omad keltirayotgan Antaliyadagi yurishini boshlaydi
Turkiyaning Antaliya shahrida M25 turkumidagi tennis turnirlari davom etmoqda.
Uchinchi haftadirki, hamyurtimiz Sergey Fomin Turkiyaning ushbu kurort shahrida tashkil etilayotgan turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. U avvaliga chempion bo'ldi, uch kun avval esa vice-chempionga aylandi.
Bugun mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ilk davrada chexiyalik Yan Kumstatga qarshi kortga chiqadi. Fomin ATP reytingida 499, 18 yoshli Kumstat 1734-pog'onadan joy olgan. Uchrashuv soat 12:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar