14 noy 09:45
Yangiliklar
Muaytay
Bugun Islom birdamligi o'yinlarida ikki sportchimizdan medal kutamiz
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamligi o'yinlari davom etmoqda.
Bugun kompleks musobaqaning navbatdagi kuni sportchilarimizdan Alina Hakimova duatlon bahslarida ishtirok etsa, muay-taychimiz Sevara Dilmurodova (-65 kg) bronza medali uchun ringga ko'tariladi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 20:45da boshlanadi.
Duatlon musobaqasi esa 10:30da start oladi. Sportchi qizlar avvaliga 5 km masofaga yugurishadi. Keyin 20 km masofani velosipedda bosib o'tishadi va yakunda yana 2,5 km masofaga yugurib, finishga kelishadi.

Havola :
O’xshash yangiliklar
11:09
Kurash bo'yicha O'zbekiston chempionatining ikkinchi kungi g'olib va sovrindorlari aniqlandi 0
Fikrlar