01 okt 08:52
Yangiliklar
![](/upload/storage/88840_220.jpg)
Bugun Isroil Madrimov Nyu-Yorkda ochiq mashg'ulot o'tkazadi
CHarm qo'lqop ustamiz shu kuni AQSHning Nyu-York shahridagi muhtasham Madison Square Garden arenasida meksikalik Alexandro Barreraga qarshi jang o'tkazadi. Bugun esa Madrimov aynan Madison Square Garden arenasi yonidagi maydonda tashkil etiladigan ochiq mashg'ulotda ishtirok etadi.
"Ochiq mashg'ulotga kirish bepul. Men AQSHdagi barcha hamyurtlarimizni mashg'ulotni tomosha qilish uchun taklif etaman. Siz bilan uchrashish men uchun katta sharaf", - deydi Madrimov.
Eslatib o'tamiz, Isroil Madrimov ringga chiqadigan boks oqshomining markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasda sobiq jahon chempioni qozog'istonlik Gennadiy Golovkin hamda ukrainalik Sergey Derevyanchenko o'rtasida bo'lib o'tadi. Ushbu jangda o'rtaga vakant bo'lib turgan IVF chempionlik kamari qo'yiladi.
Malumot uchun, WBA Intercontinental chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan Isroil Madrimov shu kungacha o'tkazgan uchchala jangini ham muddatidan avval yakunlagan. 34 yoshli tajribali Barrera esa 34 ta jangda ringga ko'tarilgan. Hisobida 29 ta g'alaba (18 ta nokaut) va 5 ta mag'lubiyat (1 ta nokaut) bor.
Fikrlar