17 okt 08:10
Yangiliklar
Boks/MMA, Tennis
Bugun Istominning SHveciyadagi yurishi boshlanadi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin bugun SHveciyaning Stokgolm shahri mezbonlik qilayotgan ATP turniridagi ishtirokini boshlaydi.
SHveciya poytaxti mezbonlik qilayotgan turnirning sovrin jamg'armasi 660 ming 375 evroni tashkil qiladi. Hamyurtimiz bugun yaponiyalik Yuiti Sugitaga qarshi kortga chiqadi.
Bu ikki raketka ustasi ikki hafta avval Xitoyning CHendu shahrida o'tkazilgan turnirning yarim finalida o'zaro to'qnash kelishgandi. O'shanda Istomin kuchli raqibini mag'lubiyatga uchratgan va yakunda turnir g'olibiga aylangan edi.
Taqqoslash uchun,
Sugita dunyo reytingida 37, Istomin esa 57-o'rinni egallab turibdi. Bugungi
uchrashuvning Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar