So’nggi yangiliklar

07:48Ўзбекистонлик спортчиларнинг Осиё ўйинларидаги иштирокидан ОНЛАЙН 0 20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0 16:22АҚШга кетган Достон Бозоровнинг Octagon 92 турниридаги рақиби маълум бўлди 0 15:01Амирхон Алихўжаев Mangu 5 турнирида жанг қилади, рақиб яна Россиядан 0 13:30Ўзбекистон тарихда илк бор Эронга 3 та гол урди 0 12:41Абдусатторов Каруанага қарши, Ваҳидов Аниш Гири билан ва барча жуфтликлар аниқ бўлди 0 11:22Расман! Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа ўртасидаги узоқ кутилган жанг ниҳоят эълон қилинди! 0 10:47Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон бугун АҚШга қарши ўйнайди ва бошқа жуфтликлар 0 21:50Осиё ўйинларининг эртанги куни ҳам биз учун медалларга бой ўтиши кутилмоқда (спортчилар рўйхати) 0 21:30Осиё ўйинларининг бешинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида яхшигина кўтарилдик 0

05 dek 13:00
Yangiliklar

Futbol

Bugun JCH-2026 qurasi. O'zbekistonga kimlar raqib bo'ladi?

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da Jahon chempionatiga qura tashlanadi.

AQSHning Vashington shahrida joylashgan "The Kennedy Center" majmusida bo'lib o'tadigan katta tadbir davomida O'zbekiston terma jamoasi qaysi guruhga tushishi va kimlar raqib bo'lishini bilib olamiz.

Jahon chempionati qurasi jahon chempionati o'yinlari kabi katta voqea hisoblanadi. Dunyo bo'ylab milliarddan ziyod aholi ushbu marosimni intiqlik bilan kutmoqda. Yurtimizda ham millionlab muxlislar qura natijalarini kutayotgani bor gap. Balki avvalgi quralarda bu qadar katta sabrsizlik bo'lmagandir, lekin endilikda boshqacha nigoh bilan qarshi olamiz. CHunki tarixda birinchi bor O'zbekiston delegaciyasi ham qura jarayonida ishtirok etadi va kelasi yil bo'lib o'tadigan mundialda milliy terma jamoamiz ham to'p tepadi.


Ishtirokchilar kengaydi

Tarixda birinchi marta Jahon chempionatida o'ynaydigan jamoalar soni 16 taga oshirilib, 32 tadan 48 taga etkazildi. Bu ham dunyo futboli uchun katta voqelik bo'ldi. Hozirgi paytga kelib mundialga chiqqan 42 ta terma jamoa nomi malum (bugun shu jamoalar vakillari qurada ishtirok etadi) bo'lib, qolgan 6ta jamoa nomi kelasi yilning mart oyida aniq bo'ladi.


Quraga kimlar taklif qilingan?

Aytib o'tganimizdek, hozirgi paytga kelib 48 ta jamoadan 42 tasi malum va Jahon chempionatiga chiqqan har bir yurtning futbolga aloqador katta delegaciyasi AQSHdagi tadbirga taklif qilingan. Bugungi qurada ishtirok etadigan jamoalar quyidagilardan iborat.

Musobaqa mezbonlari: AQSH, Kanada, Meksika.

Osiyo: Avstraliya, Eron, Yaponiya, Iordaniya, Janubiy Koreya, Qatar, Saudiya Arabistoni, O'zbekiston.

Afrika: Jazoir, Kabo Verde, Kot-D'Ivuar, Misr, Gana, Marokash, Senegal, JAR, Tunis.

KONKAKAF: Kyurasao, Gaiti, Panama.

Janubiy Amerika: Argentina, Braziliya, Kolumbiya, Ekvador, Paragvay, Urugvay. 

Okeaniya: Yangi Zelandiya.

Evropa: Avstriya, Belgiya, Xorvatiya, Angliya, Franciya, Germaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, SHotlandiya, Ispaniya, SHveycariya.


Qolgan oltita jamoa

JCH-2026 da ishtirok etadigan 48 ta jamoadan 6 tasi hali malum emas. SHundan to'rttasi kelasi yil bahorda o'tkaziladigan UEFA pley-off bahslaridan so'ng malum bo'ladi. Pley-off bahslarida 16 ta terma jamoa qatnashadi: Albaniya, Bosniya va Gercegovina, CHexiya, Daniya, Italiya, Kosova, SHimoliy Irlandiya, SHimoliy Makedoniya, Polsha, Irlandiya, Ruminiya, Slovakiya, SHveciya, Turkiya, Ukraina va Uels.

Qolgan ikkita jamoa nomi qitalararo pley-off o'yinlaridan so'ng aniq bo'ladi. Xalqaro pley-off uchrashuvlarida 6 ta jamoa ishtirok etadi: Boliviya, Kongo, Iroq, Yamayka, Yangi Kaledoniya va Surinam.


Qura va savatlar

Jahon chempionatida 48 ta jamoaning ishtirok etishi o'z-o'zidan o'yinlar soni ko'payishiga olib keladi. Kelasi yilning 11 iyunida start olib, 19 iyulga qadar davom etadigan mundialda muxlislar jami 104 ta uchrashuv guvohi bo'lishadi.

Bugun bo'lib o'tadigan qura jarayonidan oldin terma jamoalar 4ta savatga ajratib chiqilgan. SHuni aytib o'tish lozim, musobaqaning uchta mezboni avtomat tarzda guruhlardan joy olgan: Meksika - A1, Kanada - B1, AQSH - D1.

Savatlarning to'liq ko'rinishi quyidagicha:

1-savat: AQSH, Meksika, Kanada, Ispaniya, Argentina, Franciya, Angliya, Braziliya, Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya, Germaniya.

2-savat: Xorvatiya, Marokash, Kolumbiya, Urugvay, SHveycariya, Yaponiya, Senegal, Eron, Janubiy Koreya, Ekvador, Avstriya, Avstraliya.

3-savat: Norvegiya, Panama, Misr, Jazoir, SHotlandiya, Paragvay, Tunis, Kot-D'Ivuar, O'ZBEKISTON, Qatar, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika Respublikasi.

4-savat: Iordaniya, Kabo Verde, Gana, Kyurasao, Gaiti, Yangi Zelandiya, Evropa pley-off A, B, C, D, Xalqaro pley-off 1 va 2.

Musobaqa formatiga ko'ra, 48 ta terma jamoa to'rttadan 12 guruhga bo'linadi. Guruhlar A dan L gacha bo'ladi. Guruh o'yinlari yakuniga etgach, 1-2 o'rinlar bilan birgalikda eng yaxshi 3-o'rin egalaridan 8 tasi - jami 32 ta jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. Bu degani birinchi bosqichdan so'ng faqat 16 ta jamoa ortga qaytadi.


Qura qanday bo'ladi?

Endi eng asosiy masalaga kelsak. Qura tartibiga ko'ra, har bir savatdan navbati bilan to'liq jamoalar olinadi. Jahon chempionatining uchala mezboni qaysi guruhlarga tushishi malum ekanini yuqorida keltirib o'tdik. Katta turnirlar oldidan FIFAning asosiy yozilmagan qoidasi bor va doim shunga amal qilib keladi: yani, bitta qita vakillarini bir guruhga tushirmaslik. Faqat Evropa bundan mustasno bo'lib, UEFAga 16 ta o'rin berilgan.

Bugungi qura marosimida AQSH ko'k rangli shar, Meksika yashil, Kanada esa qizil rangli sharda bo'ladi. Qolgan barcha sharlar oq rangda bo'ladi. Musobaqaga bo'lgan qiziqishni oshirish maqsadida FIFA reytingdagi eng kuchli to'rtta jamoani qarama-qarshi setkaga qo'yadi. Bu degani Ispaniya va Argentina hamda Franciya va Angliya toki finalga qadar bir-biriga to'qnash kelmaydi.

Qura avvaliga mezbon jamoalarni uchta guruhga ajratib, 1-savatdagi jamoalarni guruhlarga bo'lish bilan boshlanadi. 1-savatdagi jamoalar to'liq guruhlarga joylashtirilgach, keyin 2-savatga o'tiladi. Xuddi shu tartibda 3 va 4-savatlarga navbat keladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi 3-savatdan joy olgani uchun bizga shu savatdagi jamoalar raqib bo'lmaydi. SHuningdek, ikkinchi savatdan Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron kabi qitadoshlarimiz ham tushmasligi aniq. Bu degani boshqa qita vakillari bizga raqib bo'ladi. Guruhda kimlar raqib bo'lishini istagancha bashorat qilishingiz mumkin.


Xayrulla Xoliqov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing