21 dek 11:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Mahmud G'oipov Meksikada jang qiladi
O'zbekistonlik bokschi Mahmud G'oipov bugun Meksikada prof ringdagi to'rtinchi jangini o'tkazadi.
Bu safar hamyurtimiz meksikalik Mauro Peralesga qarshi ringga ko'tariladi.
Taqqoslash uchun, Mahmud shu kungacha prof ringda 3 ta jang o'tkazgan va ularning 2 tasida g'alaba qozongan (1 ta nokaut). 1 ta jangda esa imkoniyatni boy berib qo'ygan. Perales esa professional boksda 11 marotaba ringga ko'tarilgan. U 6 ta jangda g'alaba qozongan (6 ta nokaut). 4 ta jangda imkoniyatni boy bergan (1 ta nokaut). Yana 1 ta jangda esa durangga erishgan.
Bahs O'zbekiston vaqti bilan bugun tunda, 22 dekabrga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar