28 sen 11:42
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/88408_220.jpg)
Bugun Mahmud Muradov UFCda debyut jangini o'tkazadi
Bugun Daniya poytaxti Kopengagen shahrida UFC Fight Night 160 turniri tashkil etiladi.
Jang oqshomi doirasida o'zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Muradov oktagonga ko'tariladi.
Ushbu jangda hamyurtimizga italiyalik Alessio Di Kiriko raqiblik qiladi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 21:30 dan so'ng boshlanadi.
Qayd etish lozimki, Mahmud Muradov bugungi chiqishi orqali UFCda oktagonga ko'tarilgan birinchi o'zbekistonlik sportchiga aylanadi.
UPD. Translyaciya bo'yicha link jangga yaqin saytimizga joylashtiriladi. Olamsport.com saytini kuzatib boring.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar