22 sen 15:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Bugun Murod Xonto'raev Toshkentda rossiyalik raqibiga qarshi jang o'tkazadi
Avval xabar berganimizdek, mashhur MMA yulduzimiz Murod Xonto'raev ikki yillik tanaffusdan so'ng yana ringga qaytmoqda.
Bugun "Osiyo ayig'i" poytaxtimizdagi "O'zbekiston" sport majmuasida o'zining professional jangini o'tkazadi. Xonto'raev rossiyalik 33 yoshli MMA jangchisi Evgeniy Myakinkinga qarshi ringga chiqadi. Aynan ushbu bahs jami 11 ta jang o'rin olgan K-1 oqshomining markaziy to'qnashuvi bo'ladi.
Malumot uchun, Evgeniy Myakinkin 14 ta jangda g'alaba qozongan. Mag'lubiyatlari soni 8 tani tashkil qiladi. Raqiblarini 4 ta jangda muddatidan avval taslim etgan. O'zi esa bir marotaba mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Мағлубиятлар сони 8 тами ёки 1 маротабами?