15 avg 10:41
Yangiliklar
Futbol

Bugun "Nasaf" va "Andijon" xalqaro maydondagi raqiblarini bilib olishadi
Bugun Elit OCHL va OCHL 2 musobaqalarining yangi mavsumi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Elit OCHL musobaqasida yurtimiz sharafini "Nasaf" himoya qiladi. OCHL 2 turnirida esa amaldagi O'zbekiston kubok sohibi "Andijon" ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, qura tashlash marosimi Kuala-Lumpurdagi “Interkontinental” mehmonxonasida bo'lib o'tadi. Bugun mahalliy vaqt bilan soat 10:30 (Toshkent vaqti bilan 07:30) da ishtirokchi klublar uchun seminar bo'lib o'tdi. Mahalliy vaqt bilan soat 15:00 (Toshkent vaqti bilan 12:00) da qura tashlash marosimi boshlanadi.
Havola :
Fikrlar