30 apr 13:26
Yangiliklar
Tennis

Bugun Nigina Abduraimova Nottingem turnirida kortga chiqadi
Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida tennis bo'yicha ITF turniri bo'lib o'tmoqda.
W35 toifasiga kiruvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi qura natijasiga ko'ra ilk davrada avstriyalik Tamira Pashekka qarshi kortga chiqadigan bo'ldi.
Taqqoslash uchun, 30 yashar Nigina Abduraimova WTA reytingida 825, 34 yoshli Tamira Pashek 389-pog'onadan joy olgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazadigan ilk uchrashuvi bo'ladi va bizning vaqt bilan soat 17:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar