13 may 07:39
Yangiliklar

Bugun Samarqandda “Uzbek Tigers” - “Cuba Domadores” to'qnashuvi bo'ladi
Bokschilarimiz amaldagi chempion - Kubaning “Cuba Domadores” jamoasiga qarshi ringga ko'tarilishadi. Kecha bokschilarni tarozidan o'tkazish marosimi hamda OAV xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.
Bugun esa soat 19.30da “Mo'jiza” amfiteatrida boks oqshomi boshlanadi. Dasturdan 5ta jang o'rin olgan. Jamoamiz murabbiylari mazkur bahsga kuchli tarkibni tanlashgan. O'z o'rnida kubaliklar ham yurtimizga asosiy tarkib bilan etib kelishgan.
Juftliklar bilan tanishing:
49 kg: Hasanboy Do'smatov - Joxanus Argilagos
56 kg: Murodjon Ahmadaliev - Xaver Ibanes
64 kg: Iqboljon Xoldorov - Endi Kruz
75 kg: Isroil Madrimov - Arlen Lopes
91 kg: Sanjar Tursunov - Erislandi Savon
Malumot uchun, bu ikki jamoaning javob uchrashuvi 20 may kuni Gavana shahrida o'tkaziladi.
Fikrlar