09 iyu 14:38
Yangiliklar

Bugun SHohjahon Ergashev Moskvada 17-jangini o'tkazadi
Oqshomning markaziy jangi mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustamiz SHohjahon Ergashev ishtirokida kechadi. Hamyurtimiz o'zining prof ringdagi 17-jangida rossiyalik Maksim CHurbanovga qarshi ringga ko'tariladi.
Aslida Ergashev bugun Puerto-Riko vakili Danielito Zorrillaga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Zorrilla prof boksda 11 ta jang o'tkazib, ularning bakrchasida g'alaba qozongan (9 ta nokaut)di. Lekin betob bo'lib qolgani bois Zorilla Moskvaga kela olmadi.
SHohjahonning bugungi raqibi rossiyalik 32 yoshli Maksim CHurbanov bo'ladi. CHurbanov faoliyati davomida jami 13 ta jang o'tkazgan. Hisobida 8 g'alaba, 4 mag'lubiyat va bir durang bor. Bir marotaba nokautga uchragan.
Fikrlar
MTRKda?