So’nggi yangiliklar

15:02Шилдс рекорд даражадаги шартнома имзолади, у 2026 йилда рингга қайтади 0 14:41Майами мэри Мессига шаҳар калитини топширди 0 14:20Новак Жокович Афина турнири бош совринини кўзламоқда 0 13:59Баҳодир Жалолов IBF'нинг янгиланган рейтингида кўтарилди 0 13:38Артур Бетербиевнинг Top Rank промоутерлик компанияси билан ҳамкорлиги якунланди 0 13:17EЧЛ. 4-турдан сўнг чемпионлик учун даъвогарлар рейтинги янгиланди 0 12:56WTA Finals. Жессика Пегула 1/2 финалга йўл олди 0 12:35Янгиланган "Ҳумо" Ўзбекистон Очиқ чемпионатидаги илк учрашувини ўтказди 0 12:14Ислом Бирдамлик ўйинлари. Уч боксчимизнинг икки нафарида ғалаба 0 11:53"Реал"нинг асосий футболчиси жароҳат олди 0 11:32Сергей Фомин Баҳрайн турнирида 1/4 финал иштирокчисига айланди 0 11:11Хабиб Доғистонда Ислам Махачев номидаги кўча пайдо бўлганига муносабат билдирди 0 10:50Тўрт шахматчимизнинг бари Жаҳон кубогининг учинчи босқичига чиқди 0 10:29Роналду Рунининг Мессини ундан яхшироқ деган гапига жавоб қайтарди 0 10:08Muradov Legion Team жамоаси аъзоси Octagon 81 турнирида жанг қилади 0

20 okt 09:16
Yangiliklar

Boks/MMA

Bugun tongda o'tkazilgan UFC Fight Night 245 turnirining barcha natijalari bitta sahifada

Bugun tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC Fight Night 245 turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning markaziy jangi o'rta vazn toifasida amerikalik Entoni Ernandes hamda braziliyalik Mishel Pereyra o'rtasida o'tkazildi. Birinchi raund Pereyra ustunligida o'tdi. Keyingi besh daqiqaliklarda Ernandes oktagonda dominantlik qildi. Beshinchi raundning o'rtalarida referi Xerb Din jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Entoni raqibini texnik nokautga uchratdi. 

Co main-event jangida o'ta engil vazn toifasi UFC reytingida o'ninchi o'rinni egallab turgan amerikalik Rob Font ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng g'alaba qozondi. U hakamlarning yakdil qarori bilan vatandoshi Kayler Fillipsni mag'lub etdi.

Qozog'istonlik Asu Almabaev esa UFC promoushenida qatoriga to'rtinchi g'alabasini tantana qildi. Bu safar u reytingning ettinchi pog'onasidan joy olgan braziliyalik Mateus Nikolauni ochkolar hisobiga ko'ra engdi. Panamalik ayol UFC jangchisi Joselin Edvards uchinchi raundda braziliyalik Tamires Vidalni bo'g'ib qo'ydi.


UFC Fight Night 245 turnirining barcha natijalari

Prelim kard janglari:

Osten Leyn Robelis Despaneni ochkolar bo'yicha yutdi (29-28, 29-28, 29-28);

Melissa Martinez Alisa Ardeleandan ochkolar bo'yicha ustun keldi (30-27, 30-27, 30-27);

Elis Rid Jessika Penni ochkolar bo'yicha mag'lub etdi (29-28, 29-28, 29-28);

Jozelin Edvards uchinchi raundda Tamires Vidalni bo'g'ib qo'ydi (4:33);

Jan Macumoto Bred Katonni mag'lubiyatga uchratdi (29-28, 29-28, 29-28);

Asu Almabaev Mateus Nikolauni taslim etdi (29-28, 29-28, 29-28).


Asosiy kard janglari:

Darren Elkins Deniel Pinedani hakamlarning yakdil qarori bilan yutdi (29-28, 29-28, 29-28);

Kameron Smazerman Jeyk Xadlidan ustunligini isbotladi (30-26, 29-27, 29-27);

CHarls Jonson Su Mudaerjidan ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28);

Rob Font Kayler Fillipsni taslim etdi (29-28, 29-28, 29-28).


Oqshomning asosiy jangi:

Entoni Ernandez beshinchi raundda Mishel Pereyrani texnik nokautga uchratdi (2:22).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing