16 dek 09:49
Yangiliklar

Bugun Xurshid Tojiboev Almatida jang qiladi, u ham tarozidan o'tdi + FOTOGALEREYA
Baluan SHolak arenasida o'tkaziladigan oqshomning qiziqarli kechishi kutilayotgan janglarining birida Rio Olimpiadasi ishtirokchisi Xurshid Tojiboev prof boksdagi to'rtinchi jangida ringga ko'tariladi. Hamyurtimizning ikkinchi yarim engil vazn toifasida o'tkaziladigan jangdagi raqibi indoneziyalik Isak Junior bo'ladi.
Bokschilar kecha tarozidan o'tish marosimida ishtirok etdi va har ikkisi ham belgilangan vazn (60 kg) meyorini bajardi. Tojiboev prof boksda o'tkazgan 3 ta jangida g'alaba qozongan. Hisobida 2 ta nokaut bor.
Tajribali Junior esa jami 42 ta jangda ringga chiqqan va 26 ta g'alabaga erishgan. To'qqizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. O'n uchta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan, 6 ta bahsda o'zi nokautga uchragan. Uchta jang durang natija bilan yakunlangan.
Fikrlar