15 mar 10:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugungi markaziy jang g'olibi Xabibga "vyzov" tashladi
Xabar berganimizdek, bugun tongda Braziliyada aralash qoidalar bo'yicha UFC oqshomi bo'lib o'tgandi.
Tomoshabinlarsiz o'tgan UFC Fight Night 170 kechasining markaziy jangida engil vazn toifasi vakillari - braziliyalik CHarlz Oliveyra va amerikalik Kevin Li o'zaro to'qnash kelgandi. Jangning uchinchi raundida kuchli raqibini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan Oliveyra vazn chempioni Xabib Nurmagomedovni oktagonga chorladi.
"Kim keyingisi? Toni Fergyuson va Xabib! Men ushbu jangni birinchi qatorda o'tirib tomosha qilaman. Maqsadim - chempionlik!", - dedi bugungi jangiga qadar reytingning 13-pog'onasini egallab turgan Oliveyra.
Havola :
Fikrlar