So’nggi yangiliklar

14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0 10:49Мадримовнинг вазнидаги собиқ чемпионнинг кейинги жанги санаси, манзили ва рақиби эълон қилинди 0 10:18Валерий Карпин: "Ўзбекистонда умуман бошқа даражадаги футболчилар пайдо бўлди" 0 09:47Махачев Усман Нурмагомедовнинг кечаги қилмишига муносабатини билдирди + ФОТО 0 09:16БАА қонунлари бўйича Усман Нурмагомедовни қандай жазо кутаётгани айтилди 0 08:45Илия Топурия Усман Нурмагомедовнинг ҳибсга олингани ҳақида хабар берди 0 08:14Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Россияга қарши майдонга тушади 0 07:43Total Chess. Абдусатторов иккинчи кун Фирузджага қарши иккита партия ўтказди 0

21 apr 08:35
Yangiliklar

Futbol

"Buni vaqt ko'rsatadi" - Timur Kapadze keyingi bosqichda kim bilan o'ynashimiz haqida

Teglar :  Timur Kapadze
U23 osiyo kubogi 2-turidan o'rin olgan Kuvayt-O'zbekiston (0:5) uchrashuvidan so'ng bosh murabbiyimiz Timur Kapadze va bugungi uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Hojimat Erkinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- G'alaba bilan halqimizni tabriklayman. Muxlislarga katta rahmat. G'alaba qozondik va uch ochkoni qo'lga kiritdik. Yaxshi o'yin o'tkazdik deb o'ylayman. Ko'p hujum qildik. Keyingi uchrashuvga tayyoragralik ko'rishni boshlaymiz. 

Hojimat Erkinov

- O'yin haqida

- Halqimizni g'alaba bilan tabriklayman. O'yinni yaxshi boshladik deb o'ylayman, ammo birinchi bo'limda kam gol urdik. Ikkinchi bo'limda esa ko'proq gol urdik. Umamiy qiliyu aytganda yaxshi o'yin namoyish etdik va g'alaba qozondik 

- Malayziyaga qarshi uchrashuvdan ko'nglim to'lmadi, biz bundan yaxshiroq o'ynay olamiz degandingiz. Bugungi uchrashuvda jamoa namoyish etgan o'yin sizga qanchalik yoqdi?

- Birinchi turdagi raqiblarimiz zich himoyalanishdi. Bunday raqibga qarshi o'ynash oson emas. Bugungi uchrashuvda ancha ishonchliroq harakat qildik. Dastlabki uchrashuvlar qiyin kechadi va shu sababli birinchi uchrashuvda bor kuchimizni namoyish eta olmagandik. Bugun yaxshi o'ynadik va g'alaba qozondik.

- Keyingi raqib Vetnam, ular ham turnirda 100 foizlik natija qayd etishmoqda. Keyingi raqib haqida nimalar deya olasiz yoki so'ngi tur bahsi jamoangiz uchun ahamiyatsizmi?

- Keyingi raqibimiz Vetnam kuchli jamoa ekanligini isbotladi. Barcha 23ta futbolchilarimizni bir darajada deb o'ylayman va barchaga imkoniyat berishda davom etaman. Keyingi o'yin ham muhim deb o'ylayman.

- Guruhimizda birinchi o'rinni qo'lga kiritsak, "S" guruhida ikkinchi o'rinni egallagan jamoa bilan to'qnash kelamiz. "S" guruhida ikkinchi o'rinni egallashga Iroq, Saudiya va Tailand terma jamoalari davogarlik qilmoqda. Qaysi terma jamoa biz uchun qulayroq raqib bo'ladi deb o'ylaysiz?

- Birinchi navbatda biz Vetnamga qarshi tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Pley-offda qaysi raqib bo'lishidan qati nazara o'zimizga kerakli natijani qo'lga kiritishmiz kerak. Qaysi raqib bilan o'ynamalik, maqsadimiz g'alaba. Kim raqib bo'lishi esa taqdirga bog'liq.

Hojimat Erkinov

- Guruhimizda birinchi o'rinni qo'lga kiritsak, "S" guruhida ikkinchi o'rinni egallagan jamoa bilan to'qnash kelamiz. "S" guruhida ikkinchi o'rinni egallashga Iroq, Saudiya va Tailand terma jamoalari davogarlik qilmoqda. Qaysi terma jamoa biz uchun qulayroq raqib bo'ladi deb o'ylaysiz? 

- Bosh murabbiyning barcha fikrlariga qo'shilaman. Biz har bir uchrashuvda so'ngi o'yindek borimizni berishimiz kerak. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing