So’nggi yangiliklar

18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0 10:49Мадримовнинг вазнидаги собиқ чемпионнинг кейинги жанги санаси, манзили ва рақиби эълон қилинди 0

13 mar 18:42
Yangiliklar

Futbol

"Bunyodkor" klubi yoshi "urilgan" futbolchi haqida malumot berdi

Teglar :  Bunyodkor
Bir hafta muqaddam O'zbekiston Professional futbol ligasi rasmiy saytida "Yoshni kichraytirish bilan bog'liq masala Liga tomonidan prokuraturaga oshirilgani" bo'yicha maqola chop etilgan edi.

Maqolada "Bunyodkor" U-19 jamoasi safida ro'yxatdan o'tgan, ammo bugungi kunda yuridik tomondan klubga tegishli bo'lmagan futbolchining ishi bo'yicha Samarqand viloyati prokuraturasiga murojaat yo'llangani bildirilgan.

"Bunyodkor" futbol klubi mazkur ish bo'yicha quyidagilarni malum qiladi. O'zbekiston Professional futbol ligasi nazarda tutgan futbolchi 2022 yilning yanvar oyida "Bunyodkor" futbol klubi bilan ikki yilga mo'ljallangan shartnoma imzolagan. Yani, futbolchi "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi emas, balki voha klublaridan biridan jamoamiz safiga qo'shilgan. 2022 yilgi mavsumda "Bunyodkor" U-19 safida ro'yxatdan o'tgan, mavsum davomida jami 12ta uchrashuvda maydonga tushgan. Bellashuvlarning 4tasini asosiy tarkibda boshlagan bo'lsa, 8tasida zaxiradan qo'shilgan. Umumiy hisobda 510 daqiqa maydonda to'p tepgan. 2023 yilning aprel oyida jamoaning yangi bosh murabbiyi Artur Kagirovning bildirgisi va tomonlarning o'zaro kelishuvga ko'ra shartnoma bekor qilingan.

"Bunyodkor" futbol klubi bu kabi ishlarga doimo qarshi bo'lib kelgan va O'zbekiston Professional futbol ligasi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishini malum qiladi.

“Bunyodkor”da yoshi “urilgan” futbolchi aniqlandi. Ish prokuraturaga oshirildi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing