So’nggi yangiliklar

18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0

13 apr 18:17
Yangiliklar

Futbol

"Bunyodkor" va "Lokomotiv"ning mushtlashgan futbolchilari diskvalifikaciya qilinib, klublar jarimaga tortildi

Teglar :  LokomotivBunyodkor
Tartib-intizom qo'mitasi “Bunyodkor” - “Lokomotiv” uchrashuvidagi mojaro yuzasidan qaror chiqardi.

Joriy yilning 10 aprel sanasida Liga qoshidagi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda mazkur sanagacha bo'lgan vaqt oralig'ida O'zbekiston Superligasi hamda U-21 chempionati uchrashuvlarida ishtirokchilar tomonidan yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqarildi.

Yig'ilishda ko'rib chiqilgan asosiy mavzu — Superliga 5-turi doirasida bo'lib o'tgan “Bunyodkor” – “Lokomotiv” uchrashuvi yakunida yuzaga kelgan vaziyat qo'mita azolari tomoinidan atroflicha o'rganildi. Malumot uchun, mazkur bahs yakuniga etgach, ikkala jamoa vakillari ishtirokida ziddiyatli vaziyat yuzaga kelgan va jamoatchilik muhokamasiga sabab bo'lgandi. Vaziyat ishtirokchilari Liga so'roviga ko'ra O'FA futbol faoliyatini nazorat qilish bo'yicha maxsus inspekciyasiga chaqirtirilgan va maxsus inspekciya tomonidan yuqoridagi vaziyat atroflicha o'rganildi. O'z navbatida, inspekciya ushbu vaziyat xulosasini Liga qoshidagi Tartib-intizom qo'mitasiga ko'rib chiqish uchun taqdim etgan.

Liga qoshidagi Tartib-intizom qo'mitasi yuqorida taqdim etilgan Inspekciya xulosasi, uchrashuv komissari bildirgisi, vaziyat videoyozuvi, boshqa guvohlar dalillarini atroflicha o'rgandi.

Unga ko'ra mazkur uchrashuvdan so'ng “Bunyodkor” selekcioner murabbiyi — Bek Abdullaev va “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi — Abdulloh Yo'ldoshev o'zaro tortishishi oqibatida mushtlashuv kelib chiqqani, vaziyatga “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi — Narimonjon Ahmadjonov ham aralashishi oqibatida Bek Abdullaev va Abdulloh Yo'ldoshev kichik tan jarohati olgani, O'FA futbol faoliyatini nazorat qilish bo'yicha maxsus inspekciyasining o'rganish xulosasiga ko'ra, uchrashuvning 62-daqiqasida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Abdulloh Yo'ldoshev “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Narimonjon Ahmadjonovga qo'pollik ishlatganidan so'ng, uchrashuv hakami tomonidan unga sariq kartochka ko'rsatilgani, keyinchalik mazkur futbolchilar o'rtasida o'zaro kelishmochilik kelib chiqqani, uchrashuvdan so'ng mushtlashuv sodir bo'lgani, bu vaziyatga Milliy gvardiya xodimlari aralashib, ularni ichki ishlar organlari tayanch punktiga olib borgani, u erda bir-birlariga davosi yo'qligi bildirilgandan so'ng, futbolchilar va “Bunyodkor” futbol klubi selekcioner murabbiyi qo'yib yuborilgani kabi holatlar aniqlandi.

Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda qo'mita quyidagicha qarorga keldi:

O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 81-moddasiga asosan “Bunyodkor” futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llanildi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 81-moddasiga asosan “Lokomotiv” futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llanildi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Bunyodkor” futbol klubi selekcioner murabbiyi — Bek Abdullaevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llanildi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 65-moddasiga asosan “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi — Narimonjon Ahmadjonovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanildi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 65-moddasiga asosan “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi — Abdulloh Yo'ldoshevga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing