20 okt 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Butunjahon armiya o'yinlari. Hozircha bitta g'alaba va bitta mag'lubiyat
Xitoyning Uxan shahrida Butunjahon armiya o'yinlari davom etmoqda.
Bugungi kun dasturi doirasida hozircha ikki nafar bokschimiz jang qildi. -64 kg vaznli Jahongir Rasulov qozog'istonlik Dilmurat Mijitovga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
-69 kg vazn toifasidagi Bilolbek Mirzarahimov esa Tanzaniya vakili Kassim Mbundvikeni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Kechki dasturda -75 kg vaznli Saidjamshid Jafarov venesuelalik Diego Pereiraga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar