26 okt 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Butunjahon armiya o'yinlari. Ikki bokschimiz final jangini yakunladi
Xitoyning Uxan shahrida boks bo'yicha harbiy sportchilar o'rtasida o'yinlar yakuniga etib bormoqda.
Bugun musobaqada to'rt nafar bokschimiz finalda jang qilishi haqida xabar qilgandik.
Hozircha ikki bokschimiz hal qiluvchi jangni o'tkazdi.
-60 kg vazn toifasida SHunqor Abdurasulov franciyalik Enco Grauga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. -69 kg vaznli Bilolbek Mirzarahimov qozog'istonlik Aslanbek SHimbergenovga 0:5 hisobida yutqazdi.
Oldinda yana ikki bokschimiz ishtirokidagi jang kutib turibdi:
-81 kg: Kozimbek Mardonov - Abdulrahmon Orabi (Misr)
-91 kg: Madiyar Saidrahimov - Abzal Quttibekov (Qozog'iston)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar