22 okt 10:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Butunjahon armiya o'yinlari. SHorahmatov g'alaba bilan boshladi, Abror Qodirovda esa kutilmagan natija...
Xitoyning Uxan shahrida harbiy sportchilar o'rtasida Butunjahon armiya o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Kecha musobaqa davomida 4 nafar bokschimiz ringga ko'tarildi. Afsuski, 2 nafar bokschimiz musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Yana ikki charm qo'lqop ustamiz esa keyingi bosqichga yo'l oldi:
-52 kg: Abrorjon Qodirov - Guo Jang (Xitoy) 0:5
-56 kg: Abdulhay SHorahmatov - Yaroslav Ivanov (Polsha) 4:1
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Ahmad Guoson (Suriya) 2:3
-91 kg: Madiyar Saidrahimov - Alain Tuba (Kongo Demokratik Respublikasi) +:-
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar