16 iyu 14:05
Yangiliklar

Butunjahon boks seriyasi (WSB) g'olibi aniqlandi
Unda Qozog'istonning “Astana Arlans” jamoasi musobaqaning amaldagi chempionlari Kubaning “Cuba Domadores” bokschilariga qarshi ringga ko'tarildi.
SHiddatli va finalga xos bo'lgan jang g'olibi qo'shimcha bahs natijasiga ko'ra aniqlandi. Asosiy janglarda hisob teng - 5:5 bo'lib qoldi. 52 kg vazn toifasida tashkil etilgan qo'shimcha jangda Oljas Bayniyazov kubalik Frenk Zaldivarni 2:1 (50:45, 46:49, 50:45) hisobida mag'lub etdi.
Jang natijalari:
49 kg: Temirtas Jusupov - Yoxanus Argilagos - 3:0 (48:47, 48:47, 49:46)
52 kg Oljas Sattibaev - Yosbani Veytia - 0:3 (47:48, 46:49, 45:50)
56 kg: Ilyas Suleymenov - Xaver Ibanes - 3:0 (48:47, 48:47, 48:47)
60 kg: Zakir Safiullin - Lazaro Alvares - 2:1 (46:47, 47:46, 47:46)
64 kg: Dilmurat Mijitov - Endi Kruz - 1:2 (47:48, 48:47, 45:50)
69 kg: Aslanbek SHimbergenov - Ronel Iglesias - 3:0 (49:46, 50:45, 49:46)
75 kg: Abilxan Amankul - Arlen Lopes - 0:3 (47:48, 47:48, 47:48)
81 kg: Arman Risbek - Xulio La Krus - 0:3 (46:49, 46:49, 45:50)
91 kg: Anton Pinchuk - Erislandi Savon - 0:3 (45:50, 46:49, 46:49)
+ 91 kg: Oljas Bokaev - Yoandri Toirak - 3:0 (49:45, 48:46, 48:46)
Qo'shimcha jang, 52 kg: Oljas Bayniyazov - Frenk Zaldivar - 2:1 (50:45, 46:49, 50:45)
Malumot uchun, “Cuba Domadores” va “Astana Arlans” jamoalari shu kungacha ikki marotabadan ushbu musobaqada bosh mukofotni qo'lga kiritishgandi. “Astana Arlans” uchinchi bor musobaqada zafar quchib, WSBda rekord o'rnatdi.
Eslatib o'tamiz, mamlakatimizning “Uzbek Tigers” bokschilari guruhda Rossiyaning “Patriot Boxing Team”, Xitoyning “China Dragons” hamda aynan Qozog'istonning “Astana Arlans” jamoalari bilan to'qnash kelishgandi.
Etiborlisi, “Astana Arlans”ning yagona mag'lubiyatini bizning bokschilar taqdim etishgandi. “Uzbek Tigers” yarim finalda “Cuba Domadores” jamoasiga yutqazib qo'ygandi. Samarqandda 3:2 hisobida zafar quchgan bokschilarimiz Gavanada 0:5 hisobida mag'lub bo'lishgan edi.
Fikrlar