05 sen 09:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Butunjahon boks superseriyasida durang natija bo'lmaydi
Butunjahon boks superseriyasi tashkilotchilarining xabar berishicha, ushbu turnirda durang natijalar qayd etilmaydi.
Ushbu musobaqa doirasidagi janglar olimpiya tizimida o'tkazilib, bitta jang yakuniga ko'ra mag'lub tomon ishtirokini to'xtatadi. Ikki vazn toifasidagi janglar shu oyda chorak final bosqichidan boshlanadi.
Butunjahon boks
superseriyasida birinchi og'ir hamda ikkinchi o'rta vazn toifasida g'oliblar
aniqlanadi. Har bir jangni to'rt nafar hakam boshqaradi. Durang hisob
kuzatiladigan holatda so'nggi raund natijasi inobatga olinadi. Yani, g'alaba so'nggi
raundni o'z foydasiga hal qilgan bokschiga taqdim etiladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar