10 iyu 13:00
Yangiliklar

Butunjahon boks superseriyasiga qura tashlandi
Birinchi og'ir vazn toifasida juftliklar quyidagicha ko'rinish oldi:
Oleksandr Usik - Marko Xuk
Murat Gassiev - Kristof Vlodarchik
Mayris Briedis - Mayk Peres
Yunier Dartikos - Dmitriy Kudryashov.
Supero'rta vazn toifasida esa quyidagi juftliklar to'qnashuvini ko'rishimiz mumkin bo'ladi:
Kallum Smitt - Erik Skoglund
Jorj Grouvs - Jeymi Skott
Kris Yubenk - Avni Yildirim
Yurgen Bremer - Rob Brant.
Malumot uchun Butunjahon boks seriyasida janglar ikkita vazn toifasida o'tkaziladi: supero'rta (76,2 kg) va og'ir (90,7).
Turnirning mukofot jamg'armasi 50 million dollarni tashkil qiladi. G'oliblar Muhammad Ali nomidagi sovrin bilan taqdirlanadilar.
Musobaqa tizimi - pley-off: chorak final, yarim final va final.
CHorak final janglari sentyabr oyida bo'lib o'tadi. Yarim finallar 2018 yilning fevral oyida, final janglari esa may oyida bo'lib o'tishi kutilmoqda.
Fikrlar