20 okt 18:20
Yangiliklar
Sambo
Butunjahon jang sanati o'yinlari: 5 nafar sambochimiz finalda!
Bugun Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida III Butunjahon jang sanati o'yinlari boshlandi.
O'yinlarning dastlabki kunlarida sambochilarimiz ham ishtirok etishdi. Quvonarlisi, musobaqa sambochilarimiz uchun muvaffaqiyatli kechmoqda.
Musobaqada qatnashayotgan vakillarimizning 5 nafari finalga yo'l oldi. 2 nafar hamyurtimiz esa bronza uchun kurashadi.
Oltin medal uchun:
-71 kg: Dilshodbek Yo'ldoshev - A.Tursunov (neytral sportchi)
-64 kg: Muhammadali Sadullaev - P.Panteleev (neytral sportchi)
-79 kg: Furqat Ro'ziev - A.Kojaev (neytral sportchi)
-59 kg: Ibodatxon Agojonova - K.Bondar (Ruminiya)
-72 kg: Begoyim Hayitova - A. Jlinskaya (neytral sportchi)
Bronza uchun:
-50 kg: Gulsevar O'roqova
-79 SV-1: Ilhom Jo'raev
Medallar uchun bahslar birozdan so'ng o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar