07 noy 19:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Butunjahon Superseriyasi finalida Inoue afsonaviy Doneyrga qarshi ringga chiqdi + FOTO
Yaponiyada Butunjahon boks Superseriyasining ikkinchi mavsumidan o'rin olgan engil vazn toifasi finali bo'lib o'tdi.
Ringga WBSS kamari va sovrini uchun yaponiyalik Naoya Inoue hamda filippinlik afsonaviy chempion Nonito Doneyr ko'tarilishdi. Jang g'olibi WBA va IBF chempionlik kamarlariga ham ega bo'lardi.
Jangning o'ninchi raundiga kelib 36 yoshli Doner jismoniy tomondan charchab qoldi. Aynan shu holatdan foydalanib qolgan yaponiyalik yosh bokschi nomdor raqibini nokdaunga tushirdi. O'n ikki raundlik jang yakunida Noaya Inoue 116-110, 117-109, 114-113 hisobida g'alaba qozonib, WBA Super va IBF kamarlarini qo'lga kiritdi hamda Superseriya chempioniga aylandi.
Havola :
Fikrlar