18 mar 11:00
Yangiliklar
Voleybol
Buxoroda voleybol bo'yicha O'zbekiston chempionati yakunlandi
Buxoro shahrida voleybol bo'yicha 2002-2003 yillarda tug'ilgan qizlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining II tur o'yinlari o'z nihoyasiga etdi.
2002-2003 yillarda tug'ilgan qizlar o'rtasida ilk marotaba o'tkazilayotgan mavsumning II tur bahslarida Andijon, Navoiy, Xorazm, Farg'ona, Sirdaryo, Buxoro, Qoraqalpog'iston, Namangan hamda Jizzax viloyatlari jamoalari o'zaro kurash olib bordilar.
Tur yakuniga ko'ra, birinchi guruhda barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, 12 ochko jamg'argan Jizzax viloyati sportchilari etakchilikni qo'lga kiritishdi. Ikkinchi guruhda esa Buxoro vakillari 12 ochko to'plab, birinchi bo'lishdi.
Malumot uchun, 20-27 mart kunlari Navoiy shahrida 1999-2001 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston VII chempionatining ikkinchi tur musobaqasi bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar