12 dek 16:17
Yangiliklar
Buyuk Britaniya Rossiyani 4 yilga to'laligicha sportdan chetlatishni talab qilmoqda
Xabaringiz bor, Rossiya terma jamoasi Xalqaro olimpiya qo'mitasi tomonidan Tokio-2020 Olimpiasidan chetlatilgan edi. Buyuk Britaniya Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari Xyu Robertson Daily Mail nashriga bergan intervyusida Rossiyani kamida to'rt yilga to'laligicha sportdan chetlatishga chaqirdi.
"Ketma-ket uchta Olimpiadada tizimli ravishda doping qabul qilish xalqaro olimpiya harakati uchun isnod. Biz Rossiyaga Tokio-2020 oldidan jiddiyroq jazo tayinlanishini talab qilamiz. Pxyonchxan-2018 Qishki olimpiya o'yinlarida biz ruslarga qarshi kurashdik. O'shanda ular boshqa nom ostida ishtirok etishgandi. Jazo olishiga qaramay, rossiyaliklar qora ishlarini amalga oshirishda davom etishdi. Ularda Xalqaro olimpiya oilasiga hech qanday hurmat yo'q", - dedi Robertson.
Fikrlar