So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

01 dek 07:37
Yangiliklar

Futbol

Camvel Babayan - "Andijon" bosh murabbiyi!

"Andijon" klubi rahbariyati Samvel Babayanni jamoa bosh murabbiyi etib tayinladi.

"Yangi mavsumda o'z oldiga ulkan maqsadlarni qo'yayotgan "Andijon" jamoamiz bosh murabbiy masalasini hal qildi. 

O'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan tajribali mutaxassis Samvel Babayan "Andijon" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Malumot uchun: Samvel Vyacheslavovich 1971 yilning 19 may sanasida Toshkentda tavallud topgan. Babayan faoliyati davomida "Paxtakor", "Navbahor", "Spartak" (Latviya), "Lokomotiv", “CHanchun Yatay” (Xitoy) kabi klublarni boshqargan. SHuningdek, O'zbekiston milliy terma jamoasiga ham ustozlik qilgan.

Faoliyati davomida ko'plab muvaffaqiyatlarga erishgan. Samvel Babayan bosh murabbiy va klub rahbari sifatida "Paxtakor" bilan 9 karra O'zbekiston chempioni, 8 marta O'zbekiston Kubogi g'olibi, OCHLda 2 marta yarim final ishtirokchisi, bir marta MDH kubogi g'olibi, Osiyoni eng yaxshi klubi, shuningdek, "Navbahor" bilan O'zbekiston chempioni bo'lgan, ikki marta O'zbekiston Kubogi g'olibligini qo'lga kiritgan hamda OCHL 1\8 finalgacha etib borgan. 

Qolaversa, O'zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatiga chiqqan tarkibidan 11 nafar futbolchi va O'zbekiston olimpiya terma jamoamizning Olimpiada yo'llanmasi qo'lga kiritilgan tarkibidan 12 nafari aynan Babayanning shogirdlari hisoblanishadi. Samvel Vyacheslavovich boshqargan klublarida kuchli uchtalikdan pastga tushmagan.

"Andijon" jamoamizning yangi bosh murabbiyiga aylangan Samvel Babayan o'zining boy tajribasi hamda bilimi bilan «Burgutlar»ni yangi cho'qqiga olib chiqishiga tilakdoshmiz. 

Samvel Vyacheslavovich, "Andijon" jamoamizga xush kelibsiz!", — deyiladi klub xabarida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing