07 avg 16:49
Yangiliklar
Caul Alvares Golden Boy rahbariyati bilan uchrashdi
Uchrashuvda qanday masalalar ko'tarilgani malum emas. Lekin Golden Boy prezidenti Erik Gomes bu borada fikr bildirib, shartnomani bekor qilish bo'yicha hech qanday gap-so'z bo'lmaganini aytgan.
- Kanelo bilan munosabatlarimiz avvalgidek. Bu borada hech qanday muammo yo'q. Odamlar asossiz malumotlarni tarqatish bilan ovora bo'lyaptilar. Biz Kanelo uchun uning faoliyatidagi eng yaxshi jangni tashkil qilish bo'yicha ish olib boryapmiz. Uning ketishi biz uchun katta yo'qotish bo'ladimi? Ha, shubhasiz. CHunki, boks olamida Sauldek saviyali bokschi yo'q, - deya Gomesning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Yahoo Sports.
Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta Alvares ukrainalik Sergey Derevyanchenko bilan jang amalga oshmay qolgani uchun Golden Boy kompaniyasidan norozi bo'lgandi. Jang amalga oshmagani sababli unga tegishli IBF chempionlik kamari vakant bo'lib qolgan edi.
Fikrlar