17 iyu 12:18
Yangiliklar
Voleybol

CAVA turniri yakunlandi. U-16 termamiz uch, U-19 jamoamiz esa ikkinchi o'rinni egalladi
9-16 iyun kunlari Toshkent shahridagi "Jar sport sog'lomlashtirish markazi"da voleybol bo'yicha Markaziy Osiyo Voleybol Associaciyasi (CAVA) tomonidan U-16 va U-19 yosh toifalaridagi voleybol turnirlari o'tkazildi.
Musobaqada 5 ta davlat – Eron, Hindiston, Qirg'iziston, Qozog'iston va O'zbekiston vakillari qatnashdi. Har ikki toifada jami 130 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi. O'zbekiston terma jamoasi bu yil har ikki yosh toifasida ikki tadan jamoa bilan (U-16 va U-19) ishtirok etdi.
Musobaqalar aylanma uchrashuvlar tarzida tashkil etilib, barcha o'yinlar "Jar sport markazi"ning xalqaro talablar darajasidagi maydonlarida bo'lib o'tdi.
U-16
1-o'rin: Eron terma jamoasi
2-o'rin: Qozog'iston terma jamoasi
3-o'rin: O'zbekiston terma jamoasi.
U-19
1-o'rin. Eron terma jamoasi
2-o'rin O'zbekiston terma jamoasi
3-o'rin Hindiston terma jamoasi.
Havola :
Manba : t.me/uzbekistanvf
Fikrlar