08 iyu 17:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Cexudo bitta jang uchun oktagonga qaytadi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Genri Cexudo oktagonga qaytishga tayyor.
“Faoliyatimni ajoyib tarzda yakunladim, qilgan ishlarimdan juda ham xursandman. Men yana oktagonga qaytishga tayyorman. Faqatgina yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Aleks Volkanovskiga qarshi jang uchun faoliyatimni tiklashim mumkin. UFC tarixda uchta vaznda chempion bo'lgan ilk sportchiga aylanmoqchiman”,-dedi Genri.
Eslatib o'tamiz, Cexudo 9 may kuni Dominik Kruzni mag'lub etib, faoliyatini yakunlashini elon qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar