08 dek 17:36
Yangiliklar
CHaqmoq odam: Useyn Bolt o'z davridan o'ttiz yil oldinda edi
Er sayyorasidagi eng tezkor odam. “LightningBolt” qanchalik tez yugurardi?
Engil atletikachi, sprinter, 8 karra Olimpiya o'yinlari chempioni va 11 karra jahon chempioni. Ketma-ket uchta Olimpiadada (Pekin-2008, London-2012 va Rio-de-Janeyro-2016) 100 va 200 metrlik sprint masofalarini zabt etishga muvaffaq bo'lgan yagona sportchi.
Uning 100 metrga shaxsiy rekordi 9,58 soniyani, 200 metrga esa – 19,19 soniyani tashkil etadi.
100 va 200 metr masofalarga tezlik rekordlari
Sprinter Useyn Boltning 2009 yil 16 avgustda Berlinda bo'lib o'tgan jahon chempionatida rekord o'rnatgan poygasidagi maksimal tezligi soatiga 44,72 km ni tashkil etdi.
Xalqaro engil atletika federaciyalari associaciyasi (IAAF) mutaxassislari Boltning yugurishini batafsil tahlil qilish maqsadida, uning 100 metrlik sprintini har biri 20 metr bo'lgan beshta qismga bo'ldilar. Natijada, masofaning eng tezkor bosib o'tilgan qismi 60 metrdan 80 metrgacha (1,61 soniyada) bo'lsa, eng ko'p vaqt sarflangan qismi esa boshlang'ich 20 metr (2,89 soniya) bo'ldi. 2009 yil 20 avgustda Useyn Bolt 200 metrlik masofani 19,19 soniyada bosib o'tib, yana bir jahon rekordini o'rnatdi.
Useyn Bolt fenomeni
Ikki olamshumul rekordni o'rnatgandan so'ng, o'sha vaqtdagi XOQ prezidenti Jak Rojge Boltni “sportdagi fenomen” deb atadi: «Bolt bunday natijalarni ko'rsatmoqda, chunki u genetika va tana tuzilishi jihatidan fenomendir».
Xo'sh, ushbu hodisaning kelib chiqishi nimada?
Avvalam bor, yuguruvchining bo'yi sprinter uchun juda baland – 1,96 metr. Boltning o'rtacha qadam uzunligi 2,44 metr bo'lib (maksimal qadam uzunligi 2,85 metr) 100 metrlik masofani 41 ta qadamda bosib o'tdi. Uning raqiblari esa, kaltaroq qadam egalari sifatida, tabiiyki, oyoqlarini tez-tez harakatlantirishga majbur bo'lib, 100 metrga o'rtacha 45-47 qadam tashladilar. Bu esa, albatta, qo'shimcha vaqt talab etdi.
Bolt texnikasining yana bir ajralib turadigan tarafi – u yugurish davrida har bir oyog'iga o'rtacha 0,07-0,08 soniya davomida suyangan. Bu degani, jahon rekordini o'rnatishda Useynning oyoqlari 5,29 soniya davomida erga tegmagan, yani poyga vaqtining 55% ni parvoz holatida o'tkazgan.
Ammo bu hali hammasi emas. Yuqori bo'ylilarda, odatda, ko'proq chidamlilik uchun javobgar «sekin» mushak tolalari rivojlangan bo'ladi. Useynda esa barcha mushaklaridan 2/3 qismi aynan «tez» mushak tolalaridir, bu esa unga yuqori tezlikka erishishga imkon beradi.
Xans Kristian Eriksen, norvegiyalik professor: “Baland bo'y egalariga tezlashish juda mushkul hisoblanadi. Holisona aytganda, Bolt har doim ham bunga erisha olmaydi. Balki, distanciya davomida yuqori tezlikni ham saqlab turish o'ta murakkabdir. Malumki, sprintda uchta asosiy faza mavjud – tezlanish, maksimal tezlik va sekinlashuv. Qiziqarlisi, Useyn yugurish tezligini deyarli yo'qotmaydi. Aftidan, bu uning hujayralarida kreatin fosfor kislotasining ko'pligi bilan bog'liqdir».
Va, albatta, yugurish texnikasi. Useynning onasi Jenifer Boltning aytishicha, 2007 yillarda o'g'lining yugurish texnikasiga qarash achinarli edi: – «Men Useynga 10 soniyadan tezroq yugurishing uchun bosh va elkangni silkitma deb doimo aytganman. 2008 yilgacha u ushbu odatlaridan xalos bo'lolmadi, ammo keyinchalik u gapimga quloq solib ortiqcha kuch sarflashni to'xtatdi».
Ajablanarlisi shundaki, 2004 yilgi Afina Olimpiadasidan so'ng Boltning faoliyati tugashi mumkin edi – oyoq sonining orqa qismi jiddiy jarohat oldi. Jarohat sababini aniqlaganda, Useynda skolioz (umurtqa pog'onasining egriligi) borligi hamda o'ng oyog'i chapdan bir santimetrga kalta bo'lganligi aniqlandi. Natijada, oliy yutuqlar sportiga qaytish uchun atlet nemis ortopedlari tomonidan maxsus davolanish kurslaridan o'tishi kerak bo'ldi.
Nufuzli astrofizik Etan Zigelning aytishicha, Useyn Bolt o'ttiz yil oldinga haqiqiy fiziologik sakrashni anglatadi. Olimning sprint rivojlanishi dinamikasi asosida tuzilgan diagrammasiga ko'ra 9,58 soniyadagi rekord faqat 2039 yilda o'rnatilishi kerak edi.
Oxirgi 20 metr
Oslo shahridagi Nazariy fizika instituti olimlarining hisob-kitoblariga ko'ra, agar Useyn Bolt Pekin-2008 Olimpiadasi finalida marraga 20 metr qolganda tezlikni pasaytirmaganida, sekundomer 9,69 soniya ko'rsatkichida emas, balki 9,55 soniyada to'xtagan bo'lar edi.
Bolt har doim so'nggi 20 metr masofadan kreativ shaklda foydalanib, o'zini va muxlislarini hursand qiladi. U eng qisqa sprint masofasi davomida umidsiz ortda qolib ketgan raqiblariga nazar tashlab, marra chizig'ini kesib o'tmasdanoq yana bir g'alabani nishonlashni boshlashni o'ziga odat qilib qo'ygandi.
Masalan, sprinterning jilmayib tushgan mashhur fotosurati Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada yarim finalda 200 metrga yugurishda olingan. Aynan o'sha erda, so'nggi 20 metr davomida raqiblari unga yaqinlashishga astoydil harakat qilishayotgan paytda, Bolt bemalol, chapga va o'ngga jilmayib finishga birinchi bo'lib keldi. Raqiblarining eng yuqori tezliklari va allaqachon g'alaba qozongan Useyn – biz buni necha marta ko'rdik!
Boltning ushbu erkinliklariga sprint bo'yicha to'rt karra Olimpiya chempioni Maykl Jonson bir paytlar shunday munosabat bildirgan edi: “U qanchalik tez yugurishini hatto o'ylash ham qanchalik dahshatlidir. Useyn dastlabki 20 metrda qolganlar bilan tengma-teng yuguradi, so'ngra ulkan qadamlar tufayli u oldinga o'tib ketadi. Agar u marraga yaqinlashganda salomlashishni va jilmayishni to'xtatsa, u 9,5 soniyadan vaqtliroq finish chizig'ini kesib o'tadi».
Useyn Bolt sprintdagi karerasini 2017 yilda yakunladi, ammo 100 metr masofani 9,5 soniyada yugurolmadi. Ammo bu narsa muhimmikan? «CHaqmoq odam» dunyo bo'ylab millionlab odamlar qalbida abadiy saqlanib qoladi.
MOQ Axborot-tahlil departamenti direktori Rustam TUKTAMISHEV
Fikrlar