26 iyu 16:49
Yangiliklar

CHarm qo'lqop ustamiz WBO chempionlik kamari uchun jang qilishga yaqin
Nazarov SHarqiy Osiyoda katta nufuzga ega bo'lgan COCKY BUFFALO promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan bo'lib, hozirda Vetnamda yana bir hamyurtimiz Bobur Najmiddinov qo'l ostida mashg'ulotlarni o'tkazmoqda.
Ushbu promouterlik kompaniyasi ayni paytda vakant bo'lib turgan WBO kamari uchun Nazarov ishtirokidagi jangni tashkil qilishga urinmoqda. Olimjon reytingning 8-pog'onasidan joy olgan. Kuchli uchlikdan filippinlik Gemel Magramo, Puerto-Riko vakili Anxel Akosta, yaponiyalik Dzunto Nakatani joy olgan.
Malumot uchun, Olimjon Nazarov o'ta engil vazn (-50,80 kg) toifasida o'z janglarini o'tkazib kelmoqda. U "Oqtepa" professional klubida Zufar Sulaymonov qo'l ostida boks sir-asrorlarini o'rganishni boshlagan.
Fikrlar