24 jan 14:12
Yangiliklar
Futbol
"CHelsi" 150 ming funt jarimaga tortildi
Londonning "CHelsi" klubi APL doirasidagi "Aston Villa"ga qarshi o'yinda (1:2) yuz bergan noxush voqea sababli jazolandi.
2025 yil 27 dekabr kuni bo'lib o'tgan bahs yakunida, birmingemliklar zaxira o'rindig'i tomon plastik idish uloqtirilgan. Natijada "Aston Villa" xodimlari va futbolchilarining ustiga suyuqlik sachragan.
Mehmonlar vakillari idish "CHelsi" muxlislari va klub xodimlari joylashgan sektordan otilganini ko'rsatishgan. London klubi o'z aybini tan oldi. Natijada Intizom qo'mitasi "texnik zonada tegishli tartib-intizomni taminlay olmagani uchun" "aristokratlar"ni 150 000 funt miqdorida jarimaga tortdi.

Havola :
Fikrlar