25 apr 15:57
Yangiliklar
Futbol
"CHelsi" 60 million evroga darvozabon sotib olishi mumkin
"Sanderlend" 23 yoshli niderlandiyalik darvozabon Robin Rufsga narx belgiladi, "CHelsi" uning xizmatlariga qiziqish bildirgan.
"Sanderlend" darvozabondan 60 million evro evaziga voz kechishga tayyor. Endi shartnoma tuzish londonliklar Rufs uchun shuncha pul to'lashga tayyor yoki tayyor emasligiga bog'liq bo'ladi.
Darvozabon 2025 yilda "Neymegen"dan "Sanderlend"ga o'tgandi. Bu mavsumda Rufs ingliz klubi safida 33 ta o'yin o'tkazdi, ulardan 10 tasida “nol”ga o'ynadi.

Havola :
Fikrlar