27 iyu 12:43
Yangiliklar
Futbol

"CHelsi" futbolchisi "Al Nassr"ga o'tishga yaqin
Londonnning "CHelsi" klubi yarim himoyachisi Joau Feliks faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Futbolchiga "Al Nassr" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichini olib borishmoqda. Kelishuv 24-48 soat ichida rasman elon qilinishi kutilmoqda. Avvalroq, futbolchi "Benfika"ga qaytishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Feliks 2024/25 yilgi mavsum "CHelsi" va "Milan" safida barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 25 million evroga baholagan.
Havola :
Fikrlar