20 okt 08:41
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/21143_220.jpg)
CHempion Filippinda mashg'ulot o'tkazyapti, jang esa Las-Vegasda
Professional boksning o'rta vazn (66.7 kg) toifasida WBC Silver chempionlik kamari sohibi Qudratillo Abduqahhorov navbatdagi jangiga tayyorgarlikni Filippin poytaxti Manila shahrida olib boryapti.
Ushbu mashg'ulot 15 noyabrga qadar davom etadi va shu kuni chempion bokschimiz AQSHga jo'nab ketadi. Qudratillo 18 noyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida faoliyatidagi o'n uchinchi jangida ringga ko'tariladi.
Malumot
uchun, Qudratillo Abduqahhorov bugungi kungacha 12 ta jang o'tkazgan va ularning
barchasida g'alaba qozongan. Ushbu janglarning 8 tasida u raqiblarini nokautga
uchratgan. SHu kunlarda o'n uchinchi jangdagi raqib nomiga oydinlik kiritiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar