25 iyu 16:08
Yangiliklar
Boks/MMA

CHempion SHakur Lomachenkoga qarshi jang o'tkazishni istayapti
Yarim engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni SHakur Stivenson engil vazn toifasida uch yo'nalish chempioni Vasiliy Lomachenkoga qarshi jang qilmoqchi.
"Men haqiqatdan ham Lomachenkoga qarshi jang qilishni istayapman. Lekin u Teofimo Lopesga yutqazmagan taqdirda unga qarshi jangga tayyorman. Agar Vasiliy kamarlarini himoya qilib, vaznini o'zgartirsa, o'ylaymanki, u bilan ajoyib jang bo'lardi.
Ahir men u bilan sparring qilishga ham ulgurganman. Aytishganidek, u zo'rmi? Ha, shubhasiz. U aqlbovar qilmas bokschi. Sparringda u bilan teng kurasha oldim demayman, hozirga kelib esa o'z malakamni oshirganman", - dedi Stivenson.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar